O‘zbekiston

Toshkent metropoliteni profilaktika uchun qisman yopiladi

Ishlar uch oy davom etadi.

Фото: Ситуативное

Toshkent metropolitenining bir nechta bekatlari profilaktika ishlari uchun uch oyga yopiladi, deya xabar berdi “Toshkent metropoliteni” axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar “Texnopark” — “Qipchoq” yer usti halqa liniyasida rejali bosqichma-bosqich profilaktika ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. Ular 2025-yil 8-iyundan boshlanadi, shu sababli “Turon” — “Qipchoq” bekatlari oralig‘idagi uchastkada poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu davrda yo‘lovchilarning qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida “Toshkent metropoliteni” tomonidan “Qipchoq” — “Quruvchilar” — “Qipchoq” yo‘nalishida katta sig‘imli bepul avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilmoqda. Metrobuslar har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha harakatlanadi. Yo‘lovchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.

Avvalroq Toshkent metropolitenining yangi yo‘nalishi qurilishi boshlanadigan sana ma’lum qilingandi. Loyihani 2026-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная