Toshkent metropolitenining yangi yo‘nalishi qurilishi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
Loyihani 2026-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

15-iyundan loyiha bo‘yicha TTZ (Toshkent traktor zavodi) gacha metropoliten liniyasi qurilishi boshlanadi, deya ma’lum qildi Transport vazirligi rahbari Ilhom Mahkamov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, qurilishga xalqaro tajribaga ega pudrat tashkilotlarini jalb qilish topshirildi. Loyihani 2026-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, TTZning so‘nggi stansiya sifatida tanlanishi Chirchiq, Qibray va Gʻazalkentdan har kuni 140 mingdan ortiq odam ishga kelishi bilan izohlanadi. Bu esa “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinida tirbandliklarni keltirib chiqarmoqda.
Avvalroq Toshkent metropolitenining yangi yo‘nalishi ikki bosqichda qurilishi ma’lum qilingandi. Prezidentga rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti namoyish etilgan. Yangi metro liniyasi kuniga 85 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Rasmiylar loyihaning texnik va amaliy jihatlarini batafsil ko‘rib chiqdi.
Izohlar