Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida E-Gate avtomatlashtirilgan pasport nazorati tizimi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi hududda o‘zbekistonliklar uchun mo‘ljallangan 8 ta elektron yo‘lak qurilgan. Ichkariga kirish uchun yo‘lovchi biometrik pasportni o‘quvchiga yopishtirishi va yuzni tanish protsedurasidan o‘tishi kifoya. Ushbu jarayon 15-20 soniyagacha davom etadi, shundan so‘ng, shaxs tasdiqlangan taqdirda, turniket avtomatik ravishda ochiladi.
Qayd etilishicha, bunday tizim birinchi marta 2023-yilda Toshkent aeroportida sinovdan o‘tkazilgan. O‘shanda u xalqaro terminalning jo‘nab ketish zalida ishlagan. Ayni paytda poytaxt havo bandargohida yangi uchastkani hisobga olgan holda avtomatlashtirilgan o‘tkazish liniyalarining umumiy soni 20 taga yetdi.
Yangi tizim pasport nazoratidan o‘tish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish, nazorat punktlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylikni ta’minlashga yordam berishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Toshkent viloyatida bo‘lajak aeroport hududida loyihalar va qurilishlar cheklanishi haqida xabar berilgandi. Shu tariqa, hokimiyat ushbu hududda yer va ko‘chmas mulk narxining oshishiga yo‘l qo‘ymaslikni rejalashtirmoqda.





















