Rasmiylar yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metropoliten liniyasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston 24” jonli efirida ma’lum qildi.
Aeroport qurilishi va samolyotlar parkini 105 tadan 180 tagacha oshirish mamlakat iqtisodiyotiga yiliga qariyb 770 million dollar daromad keltirishi rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, aeroportga ko‘pi bilan 25 daqiqada yetib borish mumkin, masofa esa 24 kilometrni tashkil etadi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida hukumat hududda shattllarni ishga tushirish va metro liniyasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, davlat rahbari kelgusi besh yilda 75 ta yangi samolyot sotib olish rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Hukumat 2030-yilga borib yo‘nalishlar sonini 230 taga, ichki va xalqaro reyslar sonini esa yiliga 200 mingtaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash joizki, xuddi shu muddatga qadar mamlakat sayyohlar sonini 25 million kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. Buning uchun hukumat transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishni, shuningdek, sayyohlik xizmatlari sifatini oshirishni
Avvalroq Toshkent yaqinida yangi xalqaro aeroport qurilishi boshlangani haqida xabar berilgan edi. Havo bandargohidan o‘nlab milliard dollar daromad kutilmoqda.























