2025 yil 6–7 dekabr kunlari Toshkentda qurilish va bezak materiallari ishlab chiqaruvchilari, distribyutorlar, interyer dizaynerlari, me’morlar hamda chakana savdo tarmoqlari vakillarini birlashtirgan IDA 2025 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ishbilarmonlik dasturi va ekspozitsiya doirasida qurilish, ta’mirlash hamda interyerlarni dekorativ bezash uchun mo‘ljallangan yangi yechimlar taqdim etildi.

IDA 2025 ko‘rgazmasining asosiy voqealaridan biri Tikkurila brendining yangi Mute interyer bo‘yoģining taqdimoti bo‘ldi. Kompaniya birinchi bor professional hamjamiyatga uy va jamoat interyerlarida sokin, vizual jihatdan qulay makon yaratish uchun ishlab chiqilgan premium darajadagi chuqur matt devor qoplamasini taqdim etdi. Bo‘yoq qo‘llanganda tekis, chuqur matt yuzani hosil qiladi, unda surtish izlari yoki yaltirash kuzatilmaydi. Bu esa uni uy va jamoat makonlarida, sokin va neytral vizual muhit talab etiladigan joylarda qo‘llash imkonini beradi.

Mahsulot kontseptsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘n sakkizta ohangdan iborat alohida palitra ishlab chiqildi. Unda aynan matt ko‘rinishda eng yaxshi namoyon bo‘ladigan, yumshoq va sokin tuslar jamlangan bo‘lib, ular zamonaviy interyer yechimlari bilan uyg‘un ravishda moslashadi. Palitra dizaynerlar va me’morlarning ish jarayonini yengillashtirish, interyerlarda qulaylik va vizual tartibga urg‘u berilgan loyihalarni yaratishni osonlashtirish maqsadida shakllantirilgan.

Ishga tushirish jarayonining muhim qismi haqiqiy Mute bo‘yoģidan foydalanib tayyorlangan, A5 formatidagi yangi o‘z-o‘ziga yopishuvchi namunalardir. Bunday format xarid qilish qarori qabul qilinishidan oldin obyektning o‘zida, turli xonalarda va turli yorug‘lik sharoitlarida rangni bevosita baholash imkonini beradi. Bu esa katalogdagi rang bilan devordagi haqiqiy qoplama o‘rtasida rang tafovutlari yuzaga kelish xavfini kamaytiradi.

Mute bo‘yoġini ishlab chiqishda biz professional bozor talablariga tayandik: barqaror sifat, qo‘llash qulayligi va aniq, sinchkovlik bilan tuzilgan palitra. Yangi chuqur matt bo‘yoq bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajaradi — makonni vizual tekislashdan tortib, obyektning o‘zida rang bilan ishlash jarayonini soddalashtirishgacha. Shu bilan birga, Mute tinchlantiruvchi va xotirjamlik baxsh etuvchi atmosfera yaratishga yordam beradi, interyerlarni uyg‘un va qulay makonga aylantiradi. Biz Mute zamonaviy interyerlar segmentida ishlaydigan dizaynerlar va pudratchilar uchun asosiy vositalardan biriga aylanishiga ishonamiz, — bu haqda O‘zbekistondagi Tikkurila savdo menejeri Xolida Bo‘ymatova bo‘lishdi.

Tikkurila bozorda 160 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib keladi va 40 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat bilan qamrab olingan. Kompaniya assortimentida 900 dan ziyod mahsulot nomlari mavjud bo‘lib, ularning katta qismi suv bilan suyultiriladigan, yanada ekologik xavfsiz yechimlardan iborat. Brend barqaror formulalar va uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallangan hamda professional bozor talablariga mos rang yechimlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratadi.