O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi, xususan, prezident administratsiyasi rahbari lavozimi joriy etildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident farmoni bilan Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.



















