O‘zbekiston

Quruq va iliq: 8-iyun uchun ob-havo

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik va sel-suv toshqinlari bo‘lish ehtimoli bor.

O‘zgidromet xabar berishicha, 8-iyun kuni O‘zbekistonda quruq va nisbatan issiq ob-havo kutilmoqda.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20° iliq, kunduzi 32-37° issiq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°;
  • Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°;

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° iliq bo’ladi.

Avvalroq sinoptiklari o‘zbekistonliklarni yog‘ingarchiliksiz sovuq dam olish kunlari kutayotganini ma’lum qilgandi. Yo‘llarda ayrim joylarda muzlash va tuman bo‘lishi mumkin.

Даниил Листвин
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная