20-dekabr kuni “Qamchiq” dovonida ob-havo sharoiti yomonlashdi, deya xabar berdi YHXX matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday sharoitda yo‘l qoplamasi sirpanchiq bo‘lib qolishi, ko‘rinuvchanlik qisqarishi va tormoz yo‘li uzayishi mumkin.
Shu munosabat bilan haydovchilardan quyidagilar so‘raladi:
- harakatlanishda ob-havo sharoitlarini hisobga olish;
- belgilangan qoidalarga rioya etishi;
- oldinda ketayotgan transport vositasi bilan masofani saqlash.
Mas’ul xizmatlar ruxsat etilgan tezlikka rioya qilishni, keskin manyovrlar va tormozlanishlardan qochishni, xavfli quvib o‘tishlarga yo‘l qo‘ymaslikni tavsiya qilmoqda. Zarur hollarda yorug‘lik asboblaridan to‘g‘ri foydalanish va oyna tozalagichlarning holatini tekshirish xavfsizlikni oshirishga yordam beradi.






















