O‘zbekistonda energiya resurslarini talon-toroj qilganlik uchun jazo kuchaytiriladi
Senatorlar mas’uliyatni kuchaytirish zarurati ortganini ta’kidladi.

O‘zbekistonda energiya resurslarini kam miqdorda talon-toroj qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi, senatorlar tegishli tuzatishlarni qabul qildi.
Senatning qayd etishicha, O‘zbekistonda talon-toroj qilish, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirish zarurati yuzaga kelgan.
Shu munosabat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga energiya resurslarini oz miqdorda talon-toroj qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Izohlar