Navoiyda havoning sirli ifloslanishi sodir bo‘ldi — video
Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiyazot” kimyo korxonalariga nisbatan ayblovlar paydo bo‘ldi, kompaniya bunga aloqadorligini rad etdi.

19 va 13-iyul kunlari Navoiyni chang-to‘zon buluti qopladi, mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiyazot” kimyo korxonasini havoning ifloslanishida ayblay boshladi.
Kompaniya matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirib, ayblovlarni asossiz deb atadi. Ishlab chiqarish uchastkalarida chiqindilarni nazorat qilish uchun gaz analizatorlari o‘rnatilgan, shuningdek, majmua hududida ikkita statsionar post o‘rnatilgan bo‘lib, ular doimiy ravishda vaziyatni qayd etadi. Hech qanday oshib ketish aniqlanmadi.
O‘rnatilgan kuzatuv kameralari haqiqatan ham atmosfera ifloslanishida “Navoiyazot”ning aybi yo‘qligini ko‘rsatmoqda: achchiq chang buluti g‘arbdan, shaharning xalqaro aeroporti tomonidan ko‘tarilgan, so‘ngra korxona hududi bo‘ylab o‘tib, Navoiyni qoplagan.
Havoning ifloslanishiga nima sabab bo‘lgani, bu oddiy chang bo‘ronimi yoki viloyatdagi boshqa korxonalardan chiqayotgan chiqindilarmi — oxirigacha aniq emas.
Avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlarida har yili iflos havo tufayli minglab odamlar bevaqt vafot etayotgani haqida xabar berilgandi. Mutaxassislar ma’lumotlarni tahlil qilib, havo ifloslanishi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlatni aytgan.
Izohlar