Dunyo

Har yili iflos havo tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlarida minglab odamlar bevaqt vafot etmoqda

Mutaxassislar ma’lumotlarni tahlil qilib, havo ifloslanishi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan davlatni aytgan.

Har yili iflos havo tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlarida minglab odamlar bevaqt vafot etmoqda

Jahon bankining “Markaziy Osiyoda havo sifatini boshqarish” ma’lumotlariga ko‘ra, har yili havoning mayda PM2.5 zarralari bilan ifloslanishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida 65 mingdan ortiq erta o‘limga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu muammoning iqtisodiy zarari yiliga 15,2 – 21,7 milliard dollarga baholanmoqda, bu mintaqaviy yalpi ichki mahsulotning 3-5 foizini tashkil etadi. Qayd etilishicha, mintaqaning barcha mamlakatlaridagi havo holati jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Xususan, hozirgi vaqtda mintaqadagi eng yirik shaharlarda PM2,5 mayda dispers zarrachalarining o‘rtacha yillik konsentratsiyasi JSST me’yoridan 6-12 baravar yuqori.

Shu bilan birga, ifloslanishning asosiy manbalari uy-joy sektorida qattiq yoqilg‘ini yoqish, avtotransport, sanoat, shuningdek, tabiiy changdir. Shunday qilib, mutaxassislar Markaziy Osiyo mamlakatlarining yillik qiymatlarini tahlil qilib, Tojikiston poytaxti Dushanbeda PM2,5 ning eng yuqori konsentratsiyalaridan birini qayd etishga muvaffaq bo‘lishdi – ular 54,6 mkg/m3 ni tashkil etdi.

Eng yuqori ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Toshkent egalladi – u yerda PM2.5 ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 40,3 mkg/m3 ni tashkil etdi. Keyin mamlakatlar quyidagicha joylashdi:

  • Qirg‘izistonda (Bishkek) PM2.5 ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi – 32,5 mkg/m3 atrofida;
  • Qozog‘istonda (Olmaota, Ostona) PM2.5 ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi – 30 mkg/m3;
  • Turkmanistonda (Ashxobod) PM2.5 ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi mintaqaning boshqa poytaxtlariga qaraganda pastroq – taxminan 19,2 mkg/m3.

Mavzuga doir: Iflos havodan qanday saqlanish mumkin? NOVA24.uz tahririyati chang konsentratsiyasining kun sayin ortib borishi fonida dolzarb maslahatlarni taqdim etdi.

Izohlar

Mavzuga oid