Toshkentda erkak yo‘lovchi ayolning ko‘kragiga tekkani uchun 3 sutkaga qamoqqa olindi
Jinoyatchi ko‘chada shovqin ham ko‘tardi.

O‘zbekistonda yo‘lovchi ayolning ko‘kragiga tegib, shuningdek ko‘chada jamoat tartibini buzib, baland ovozda baqirgan erkak uch sutkaga qamoqqa olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli erkak ayolning ko‘kragiga tegib, shahvoniy xarakterdagi axloqsiz harakatlarni sodir etgan, shuningdek ko‘chada baland ovozda baqirib, jamoat tartibi va osoyishtaligini buzgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uning xatti-harakatlarini mayda bezorilik sifatida baholadi.
Sudda erkak o‘z aybini tan olib, pushaymonligini bildirdi hamda suddan jazoni yengillashtirish iltimosini qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi erkakni MJtKning 41-1-moddasi (Jinsiy shilqimlik) va 183-moddasi (Mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topib, unga 3 sutkalik ma’muriy qamoq va BHMning 2 baravari (750 ming so‘m) miqdorida jarima jazosini tayinladi.
Avvalroq Toshkentda keliniga tegajog‘lik qilgan erkak qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. Qaynota o‘g‘lining oilasi bilan yashagan, sudda u aybiga iqror bo‘lgan.
Izohlar