Hodisa

Toshkentda keliniga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi

Qaynota o‘g‘lining oilasi bilan yashagan, sudda u aybiga iqror bo‘ldi.

Toshkentda keliniga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi

Toshkentda keliniga tegajog‘lik qilgan erkak besh sutkaga qamaldi, deb xabar berdi Oliy sud matbuot xizmati.

Hodisa Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan, 49 yoshli erkak o‘g‘lining oilasi bilan bir uyda yashagan. Kunlarning birida u keliniga nisbatan jinsiy xatti-harakatlar sodir etgan.

Sud majlisida sudlanuvchi aybiga iqror bo‘ldi, qilmishiga pushaymon bo‘ldi va boshqa bunday qilmaslikka va’da berdi. Sud erkakni 41-1-modda (Shahvoniy shilqimlik) bo‘yicha aybdor deb topdi va besh sutkaga hibsga oldi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda erkak metroda yo‘lovchiga tegajog‘lik qilib, besh sutkaga qamalgandi. Ayblanuvchi qizni ko‘rib, tegajog‘lik qila boshlagan, shundan so‘ng uni belidan pastga tekkizgan.

Izohlar

Mavzuga oid