Hodisa

Samarqanddagi gaz quyish shoxobchasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi — video

Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan.

10-avgust kuni Samarqand viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Hodisa soat 22:00 da Jomboy tumani “Shayman” mahallasida joylashgan suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da qurshab olingan va soat 22:30 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida KIA BONGO, DAMAS va GENTRA rusumli avtomobillar yonib zararlangan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatidagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi. Qutqaruvchilar yong‘inni ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirgan, yong‘in sabablari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная