Hodisa

Samarqandda haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina avtobusga borib urildi

Erkak kasalxonaga yotqizilgan, jamoat transportida yo‘lovchilar bo‘lmagan, tergov boshlangan.

Samarqand viloyatida 2-noyabr kuni haydovchi rulda uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus bilan YTHga uchragan, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Hodisa soat 06:10 larda Samarqand shahrining Shohizinda ko‘chasida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi rulda uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina yo‘lning chap tomonidagi metall to‘siqqa urildi. Natijada avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan ASIASTAR rusumli avtobus bilan to‘qnashgan.

Cobalt haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, transport vositalariga zarar yetgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB va YHXB xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida avtomobil jarlikdan qulab tushgandi. YTHda “Nasaf” futbol klubi muxlisi halok bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная