Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi harbiy mojaro tufayli O‘zbekistondan kelgan samolyot Vetnamga ucha olmadi
Aniq jo‘nash vaqti hali e’lon qilinmagan, biroq yo‘lovchilarga issiq ovqat berilgan.

O‘zbekistondan Vetnamga uchayotgan “Qanot Sharq” reysi yo‘lovchilari reysning kechikishidan shikoyat qilishdi, deb yozadi “Potrebitel.uz”.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, reys 7 may kuni soat 01:50 da Kamranga uchishi kerak edi. Yo‘lovchilar allaqachon bortda o‘z joylarini egallab bo‘lishgan, biroq bir yarim soat kutishdan keyin ham samolyot havoga ko‘tarilmagan, fuqarolar terminalga qaytarilgan.
Ekipajning xabar berishicha, Pokiston havo hududini yopgan va yo‘nalish to‘sib qo‘yilgan. Hammadan aeroport binosiga qaytish so‘ralgan. Aniq jo‘nash vaqti hali e’lon qilinmagan, biroq yo‘lovchilarga issiq ovqat berilgan.
Avvalroq O‘zbekistondan kelayotgan bir qancha reyslar Moskvaga yetib bora olmagani xabar qilingandi. UUA tahdidi tufayli Rossiya poytaxti ustidagi havo hududi yopildi.
Izohlar