Afg‘oniston Pokiston shaharlariga zarbalar berganini tasdiqladi
Toliblar hujumlarni “javob operatsiyasi” deb atadi, Pokiston esa “Tolibon”ni tinch aholiga qarata o‘q uzishda aybladi.

“Tolibon” Afg‘onistonning shimoliy chegarasidagi bir qancha tog‘li hududlarda Pokiston harbiylariga zarba berganini tasdiqladi, deb yozadi BBC.
Toliblar Pokiston Afg‘oniston havo hududini buzib o‘tgani va mamlakat hududidagi bozorni bombardimon qilgani haqidagi hujumlarni “javob operatsiyasi” deb atadi. Pokiston Ichki ishlar vazirligi rahbari Muhsin Nakvi Afg‘oniston tomonining o‘qqa tutilishini “provokatsiyadan tashqari” deb atadi va “Tolibon”ni tinch aholiga qarata o‘q uzishda aybladi.
Vazirning ta’kidlashicha, Pokiston kuchlari Afg‘oniston hududidan kelayotgan zarbalarga “javob beradi”. Islomobod so‘nggi yillarda Afg‘oniston hukumatini Pokistonda hujum uyushtirayotgan jangarilarni yashirishda ayblab keladi. “Tolibon” bu ayblovlarni rad etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Pokiston bilan ziddiyatda Afg‘onistonga yordam bergandi. O‘zbekiston tomoni afg‘on meva-sabzavotlarini Rossiya, Xitoy va Hindistonga eksport qilish uchun havo yo‘lagini ochdi.
Mavzuga doir: Tinchlik va barqarorlik xavf ostida: O‘zbekiston nega Afg‘onistonga yordam bermoqda? Shavkat Mirziyoyev jafokash afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.
Izohlar