Hodisa

Iste’molchilar “aqlli” elektr hisoblagichlarning noto‘g‘ri ishlashidan shikoyat qilmoqda — video

HETdagilar vaziyatga oydinlik kiritib, nosozlik nimadan kelib chiqishi mumkinligini aytgan.

6-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning elektr energiyasi uchun to‘lagan pullari juda tez tugab qolayotgani haqida xabarlar tarqaldi. HET hodisaga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) doirasida iste’molchilarga zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatilgan. Ushbu qurilmalar elektr energiyasini aniq o‘lchaydi va inson ishtirokisiz markaziy serverga ma’lumot uzatadi.

Shu bilan birga, ba’zi hollarda hisoblagichlarni noto‘g‘ri ulash yoki simlar sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish elektr energiyasini noto‘g‘ri hisobga olishga olib kelishi mumkin. Bunday texnik nosozliklar faqat malakali mutaxassislar tomonidan aniqlanadi va bartaraf etiladi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ushbu videoning mazmuni ayrim iste’molchilarni chalg‘itmoqda. Bu vaziyatni barcha hisoblagichlar uchun xos deb hisoblash xatodir. Elektr energiyasining tez “yo‘qolishi” turli omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va har bir holat texnik ko‘rik asosida alohida ko‘rib chiqilishi kerak. Agar sizda hisoblagichning ishlashiga shubha tug‘ilsa, hududingizdagi HET filialiga yoki 1154 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vaziriga elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli senator so‘rovi kelib tushgandi. Uzoq muddatli elektr uzilishlari tufayli iste’molchilar ko‘plab zarar ko‘rmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная