Transfermarkt portali futbolchilar, jumladan Abduqodir Husanovning yangi bozor baholarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasi amalda 516,58 mln yevroga arzonlashgan, biroq 11,3 mlrd yevro ko‘rsatkich bilan hamon jahon futbolidagi eng qimmati bo‘lib qolmoqda.

Eng ko‘p qimmatlaganlar:

  • “Nyukasl” hujumchisi Aleksander Isak — 120 mln yevro (+20 mln);
  • “Bornmut” himoyachisi Din Xyusen — 60 mln yevro (+18 mln);
  • “Arsenal” yarimhimoyachisi Maylz Lyuis-Skelli — 45 mln yevro (+17 mln yevro).

“Man Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Husanovning bozor narxi o‘zgarishsiz qoldi. Futbolchi hamon 35 mln yevroga baholanmoqda.

Avvalroq Abduqodir Husanov O‘zbekiston tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangani haqida xabar berilgandi.