Sport

O‘zbekistonlik sportchilar kurash bo‘yicha Gretsiyadagi jahon chempionatini muvaffaqiyatli yakunladi

Terma jamoa 4 ta oltin medal bilan vatanga qaytadi.

Gretsiyada sport kurashlari bo‘yicha U-17 jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda MOQ axborot xizmati.

Afinada sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar (U17) o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada polvonlar terma jamoa hisobiga yana ikkita oltin medalni qo‘shib qo‘yishdi. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini 4 ta oltin medal bilan yakunladi. Umumjamoa hisobida terma jamoa faqat Erondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha musobaqalarda quyidagilar g‘olib bo‘ldi:

  • -51 kg: Otabek Tursunov;
  • -71 kg: Behruzbek Valiyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Olimpiya o‘yinlari uchun sport turlari soni oshiriladi. Rasmiylar ularni ustuvorlik bo‘yicha taqsimlab, medallar va litsenziyalar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная