Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bo‘yicha uch karra jahon chempioni bo‘ldi
Sportchi Norvegiyadagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev uch karra jahon chempioni bo‘ldi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
– 110 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi Norvegiyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etdi. Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarish mashqida 196 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon rekordini o‘rnatdi.
Dast ko‘tarish mashqida g‘alaba qozonib, jahon rekordini o‘rnatgan Jo‘rayev siltab ko‘tarishda 232 kg toshni ko‘tarib, ikki kurash natijasiga ko‘ra 428 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va mutlaq jahon chempioniga aylandi.
Avvalroq O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan sport maktablari ish boshlashi haqida xabar berilgandi. Bitiruvchilar tegishli sport turlari bo‘yicha diplom va murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikatini olishlari mumkin.
Izohlar