Najmiddin Qosimjoyev taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Final jangida o‘zbekistonlik braziliyalik Edibal Pontesni mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekistonlik sportchi taekvondo WT bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir Xitoyda bo‘lib o‘tgan. Mamlakatimiz vakili Najmiddin Qosimjoyev -74 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchi final jangida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlari sovrindori braziliyalik Edibal Pontesni mag‘lub etib, erkaklar taekvondosi bo‘yicha o‘n yil ichida birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Sportchi finalda iordaniyalikni 2:0 hisobida mag‘lub etgan.
Izohlar