O‘zbekiston

Toshkentning bir tumanida favqulodda chiroq o‘chdi — manzillar

Ta’mirlash ishlari vaqtida bir nechta mahalla elektr ta’minotisiz qolgan.

7-iyul kuni Toshkent shahri markazidagi Mirzo Ulug‘bek tumanida favqulodda elektr ta’minoti uzildi, deb xabar bermoqda HET axborot xizmati.

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “TTZ” podstansiyasidan chiquvchi 6 kV kuchlanishli yer osti yuqori kuchlanishli kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida elektr ta’minotida avariyaviy uzilishlar sodir bo‘ldi.

Yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish, shuningdek, mavjud yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi kabel tarmog‘ini ta’mirlash ishlarini xavfsiz olib borish maqsadida tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi. “Geologlar” va “Geofizika” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, HET yozgi yoritishdagi uzilishlarni qishga tayyorgarlik bilan izohlagandi. Uzilishlarning ikkinchi sababi sifatida issiq kunlarda tarmoqlarning haddan tashqari yuklanishi tufayli yuzaga keladigan avariyalar ko‘rsatilgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная