O‘zbekiston

Toshkentning bir tumanida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin — manzillar

“Sag‘bon” podstansiyasida jismonan eskirgan uskunalarni almashtirish ishlari olib boriladi.

Фото: Ситуативное

30-iyul kuni kechgacha Toshkentning Olmazor tumanida elektr ta’minoti qisman o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Sag‘bon” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida jismonan eskirgan elektr uskunalarini zamonaviylariga almashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yuklamalarni bir maromda taqsimlash maqsadida soat 09:30 dan 12:00 gacha vaqti-vaqti bilan elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi.

“O‘z navbatida, ko‘rsatilgan hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda chiroq bilan bog‘liq muammolar uchun aybdorlar topilgan va jazolangan. Shuningdek, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” rahbari ham tekshiruvdan o‘tkazilib, intizomiy jazoga tortildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная