O‘zbekiston

Toshkentning bir tumani avariya tufayli qisman chiroqsiz qoldi — manzillar

HET texnik brigadasi nosozlikni joyida bartaraf etmoqda.

Фото: Ситуативное

29-iyul kuni kechgacha Toshkentning Yashnobod tumanida elektr ta’minoti qisman o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qodiriy PS podstansiyasidagi avariya natijasida Baxmal-3 fiderida soat 17:00 ga qadar elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan. hozirda texnik brigada tomonidan nosozlik joyida bartaraf etilmoqda. Quyidagi joylarda chiroq yoqilmaydi:

  • Obisher ko‘chasi;
  • Muxtor Ashrafiy ko‘chasi;
  • Farg‘ona shossesi, 15, 23, 25-uylar;
  • Olot ko‘chasi;
  • Zarkent ko‘chasi;
  • Boku ko‘chasi, Marv ko‘chasi, S. Sanjar ko‘chasi;
  • Murg‘ob ko‘chasi, Boysun ko‘chasi;
  • Qashqadaryo ko‘chasi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная