Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan bir qator madaniyat va dam olish maskanlarida maxsus tadbirlar tashkil etiladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Asosiy tadbirlar 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda tashkil etiladi:

  • Yunusobod tumani
    • Rixsiliy gastronomik va sayyohlik ko‘chasi (Yunusobod galereyasi savdo majmuasi), 25-dekabr — 10-yanvar, 17:00-21:00.
  • Bektemir tumani
    • Compass savdo markazi, 25-dekabr – 10-yanvar, 11:00-22:00;
    • Coca-Cola Garden parki, 25-dekabr – 10-yanvar, 11:00-22:00.
  • Mirobod tumani
    • Taras Shevchenko gastronomik va sayyohlik ko‘chasi, 21-dekabr – 4-yanvar, soat 16:00-22:00.
  • Mirzo Ulug‘bek tumani
    • Central Park, 25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00-22:00;
    • “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, 25-dekabr – 10-yanvar, 16:00-22:00.
  • Sergeli tumani
    • So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab gastronomik va turistik ko‘cha, “Yangi Sergeli” istirohat bog‘i, 25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00-22:00.
  • Olmazor tumani
    • Asia.uz supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatri), 25-dekabr – 10-yanvar, soat 16:00-22:00.
  • Uchtepa tumani
    • Uchtepa tumani hokimligi binosi oldidagi maydon, 25-dekabr – 5-yanvar, soat 16:00-20:00.
  • Chilonzor tumani
    • Dream Park (G‘afur G‘ulom nomidagi) madaniyat va istirohat bog‘i, 25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00-22:00;
    • Humo Arena muz saroyi oldidagi maydon, 25-dekabr – 10-yanvar, 11:00-23:00;
    • Magic City bog‘i, 20-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00-23:00;
    • Al-Xorazmiy gastronomik va turistik ko‘chasi, 25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00-22:00.
  • Shayxontohur tumani
    • Anhor Lokomotiv bog‘i, 25-dekabr – 10-yanvar, 11:00-22:00;
    • Парк Tashkent City, 21 декабря — 10 января, 11:00–23:00.
  • Yashnobod tumani
    • Ashxobod bog‘i, 25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00-20:00.
  • Yakkasaroy tumani
    • NEXT savdo majmuasi, 25-dekabr – 10-yanvar, 16:00-22:00;
    • Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar ishlari qo‘mitasi pavilonlari hududi, 25-30-dekabr, soat 16:00-19:00.
  • Yangihayot tumani
    • Mehrigiyo gastronomik va turistik ko‘chasi, 25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00-22:00.