18-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati aviachiptalar va poyezdlarga chegirmalar joriy etilgani haqida xabar berdi.
Talabalar qishki ta’til va Yangi yil munosabati bilan chiptalarni 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin. Poyezdlarga chiptalarni 12-yanvargacha olish mumkin, chegirma barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlariga (SV/VIP klassidagi vagonlar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdidan tashqari) amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar o‘zlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishlari yoki elektron tarzda chiptalarni sotib olish uchun eticket.railway.uz saytidan foydalanishi mumkin. Shuningdek, iOS va Android uchun ilovalardan foydalanish mumkin.
Chegirmali aviachiptalar faqat Uzbekistan Airways orqali mahalliy aviaqatnovlarga ham amal qiladi, ularni 11-yanvargacha aviakompaniyaning Toshkentdagi sotuv filialida, O‘zbekistondagi agentlardan va saytidan xarid qilish mumkin.
Chegirma davlat ta’lim muassasalarida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida beriladi.





















