Toshkent hokimligi fuqarolarga ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milish taqiqlanganini eslatdi.
Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda cho‘milish uchun o‘ta xavfli 24 ta joy bor. Shu bilan birga, hokimlik xavfli suv havzalarining aniq joylashuvini oshkor qilmagan. Bundan tashqari, poytaxtda shahar plyajlari va xavfsiz cho‘milish joylari mutlaqo yetishmaydi.
“Yurtdoshlamizni ogohlikka chaqirish maqsadida targ‘ibot va reyd tadbirlari o‘tkazilib, cho‘milishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Bo‘rijar suv kanalida ikki bolani qutqarmoqchi bo‘lgan erkak cho‘kib ketgandi.




















