Qoraqalpog‘istonda fuqaro 100 mln so‘mdan ortiq aliment pulini oldindan to‘lab qo‘ydi
MIB xodimlari uch nafar bola uchun pul hisoblashgan.

Qoraqalpog‘istonda fuqaro bolalari ta’minoti uchun 100 mln so‘mdan ortiq aliment pulini oldindan to‘lab qo‘ygan, deb xabar bermoqda MIB matbuot xizmati.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjati asosida javobgardan uning sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati MIB Chimboy tuman bo‘limiga kelib tushgan. Javobgarning o‘zi Byuro bo‘limiga kelib, bolalarga 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan alimentlarni oldindan to‘lab berish istagini bildirgan. Aliment miqdori 100 mln so‘mni tashkil etdi. Javobgar hisoblangan 100 mln so‘mni darhol naqd pulda sobiq turmush o‘rtog‘iga to‘lab bergan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda erkak mashinani o‘g‘irlab, aliment va ayollarga pul sarflagandi. Huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Izohlar