Hodisa

Farg‘onada erkak aliment uchun xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi

Er-xotin o‘rtasida tortishuv boshlanib, bu fojia bilan yakunlandi.

Фото: Ситуативное

Farg‘onada 34 yoshli erkak aliment to‘lash masalasida o‘zaro janjallashib, yosh qizi va turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 3-noyabr kuni sodir bo‘lgan. 34 yoshli erkak va uning 27 yoshli turmush o‘rtog‘i o‘rtasida 3 yoshli qiziga aliment to‘lash masalasida janjal kelib chiqqan. Mojaro davomida gumonlanuvchi turmush o‘rtog‘i va farzandiga pichoq bilan zarba bergan, shundan so‘ng voqea joyini tark etgan.

Jabrlangan ayol va bola shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, shifoxonada vafot etgan. Huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, uni hibsga oldi. Tartib posbonlari erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Avvalroq Toshkentda tok urib vafot etgan qizning onasi turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Avvalroq ayblanuvchining qizi do‘kon tomidagi o‘yinchoqni olishga uringanida vafot etgandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная