O‘zbekiston

O‘zbekistonda dam olish uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi

Botanika bog‘lari tabiatni muhofaza qilish zonalariga aylanmoqda.

O‘zbekistonda ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra , aholi dam olishi uchun foydalanayotgan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi.

O‘zgartishlarga ko‘ra, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish hamda dam olish uchun foydalaniladigan davlat mulki yerlarini xususiylashtirish yoki boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlanadi.

Ushbu yerlarda mavjud bino va inshootlarning maydonini qurish yoki kengaytirish mumkin bo’lmaydi. Er maydonlarini qisqartirish ham taqiqlanadi. Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar bilan yer uchastkalarini ko‘rsatilgan cheklovlarga rioya qilmasdan berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Er uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning alohida turlari paydo bo’ladi va ularni asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo’lish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, botanika bog’lari tabiatni muhofaza qilish zonalariga kiritilgan va ular hududida o’simlik dunyosining saqlanishiga tahdid soladigan har qanday faoliyat taqiqlangan.

Avvalroq O‘zbekistondagi diniy konfessiya yetakchilari tabiatni asrashga chaqirgan edi . Shuningdek, fuqarolardan ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish so‘ralgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная