O‘zbekistonda beshta noli bor raqam 850 million so‘mga sotildi
Boshlang‘ich narx allaqachon yarim milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan.

O‘zbekistonda beshta noli bo‘lgan raqam boshlang‘ich narxi 500 mln so‘m bo‘lgan holda 850 mln so‘mga sotildi, deb xabar bermoqda mobil raqamlar auksioni sayti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Beeline kompaniyasining +998 91 000 00 00 raqami faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan. Ma’lum qilinishicha, mobil raqamlarni joylashtirish, boshlang‘ich narx va qadam narxini belgilash mobil aloqa operatori tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan raqamni hududga bog‘lamasdan, Beeline’ning istalgan ochiq ofisida ulash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida ikki milliard dollarlik oltin koni auksionda sotuvga qo‘yilgandi. Yana ikkita oltin va qimmatbaho metallar konida geologiya-qidiruv ishlari boshlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda tozalash inshootlari va kanalizatsiya yo‘qligi sababli ishlar to‘xtatilgan.
Izohlar