O‘zbekiston

Nega O‘zbekistonda sabzi qimmatlashmoqda — mutaxassislar javobi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat mamlakatda tez-tez uchrab turadi.

EastFruit maʼlumotlariga koʻra , Oʻzbekistonda sabzi sezilarli darajada qimmatlashgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yil boshidan buyon oʻtgan yilgi hosilning bir kilogrammi uchun 4 ming soʻmgacha koʻtarilgan, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki baravar yuqori. Bunga sabab kuzda koʻplab fermerlar sabzavotni arzon narxlarda saqlashdan bosh tortgan saqlash hajmining kamligi fonida zahiralarning tez qisqarishi bilan bogʻliq.

Ayni paytda mamlakatimiz bozorlariga kirib kelgan yangi ekinning sabzi boshlang‘ich narxi kilogrammi 11 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2024 va 2023-yillarning xuddi shu davridagi mahsulot tannarxidan ham sezilarli darajada oshib ketgan. Qayd etilishicha, sabzi narxining bahorgi beqarorligi odatiy holdir. Xususan, so‘nggi besh yil ichida mamlakatda sabzi narxining faqat 2024-yilda barqaror pasayishi kuzatildi .

Avvalroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi kartoshka qachon arzonlashishini ma’lum qilgani xabar qilingandi. Hokimiyat sabzavot narxlarini barqarorlashtirish choralarini ko’rmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная