O‘zbekiston

Erondan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik vatanga evakuatsiya qilindi — TIV

Eron va Isroildagi vatandoshlarga xavfsiz joylarda qolish va diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada bo‘lish tavsiya etildi.

Фото: ситуативное

16-iyun holatiga ko‘ra, 30 dan ortiq vatandoshimiz Erondan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali evakuatsiya qilinib, O‘zbekistonga eson-omon olib kelindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalar kecha-yu kunduz ishlaydi.

“Biz bu jarayonda yaqindan yordam bergan turkmanistonlik, ozarbayjonlik va eronlik hamkasblarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz”, — deyiladi siyosiy idora xabarida.

Eron va Isroildagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsiz joylarda qolish va diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada bo‘lish qat’iy tavsiya etiladi.

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ma’lumotlari:

Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025

Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ma’lumotlari:

Telefonlar: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076

Shoshilinch aloqa uchun: +972 (54) 485-1397

Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

Izohlar

Mavzuga oid

Главная