Hodisa

Toshkentda og‘ir yuk mashinasi o‘rta bosimli gaz quvuriga urildi — video

Bir nechta ulgurji iste’molchilar gazsiz qoldi, yo‘lovchi avtobusiga ham zarar yetdi.

Toshkentda yirik o‘lchamli maxsus texnikalarni tashuvchi transport yo‘l-transport hodisasiga uchrab, gaz quvuriga zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.

Hodisa Sergeli tumani “Xonobod” mahallasida sodir bo‘lgan. O‘rta bosimli gaz quvuri og‘ir avtotransport vositasidan shikastlanib, hududdagi 5 ta ulgurji iste’molchiga gaz yetkazib berish to‘xtatilgan. Bundan tashqari, MAN yo‘lovchi avtobusiga ham zarar yetgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtobus bilan YTH sodir etgan, bir kishi halok bo‘lgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan va yo‘lni ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная