Toshkent viloyatida yuk mashinasi gaz quvurining bir qismini buzib tashladi
Yuzlab aholi yoqilg‘isiz qoldi.

Toshkent viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki mingdan ortiq aholi gazsiz qoldi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Parkent tumanida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi bosimli gaz quvuriga urilganidan so‘ng Yoshlik, Markaziy, Gulisto» va Oqtepa mahallalaridagi 2415 nafar aholi va 56 nafar ulgurji iste’molchiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
Ayni paytda hududda tuman gaz ta’minoti boshqarmasining tezkor brigadasi ish olib bormoqda. Aholidan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanishiga ishontirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda issiqxonalarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash orqali mahsulot eksporti oshiriladi. Shuningdek, hukumat 2028-yil oxirigacha ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz darajasida belgilashni rejalashtirmoqda.
Izohlar