Toshkentda poytaxt advokatlar hay’atlaridan birining advokati firibgarlik va pora berishga undashda ayblanib qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Huquqshunos 2 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan. Firibgarlik yo‘li bilan olingan pullar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Advokat jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga uni qamoqqa olish masalasini “mansabdor tanishlari” orqali hal qilishga va’da bergan.
Mazkur holat yuzasidan advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik) hamda 211-28-moddasi 1-qismi (Pora berishda ishtirokchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent, Samarqand va Sirdaryoda advokatlar katta miqdorda pora olayotganda qo‘lga tushgandi. Muqaddam sudlangan huquqshunoslardan biri fuqarodan jinoiy jazoni yengillashtirish uchun pul talab qilgan.
























