O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi vatandoshlarni mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olish holatlari ko‘payib borayotgani munosabati bilan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.

Elchixona ushbu holatlar bo‘yicha Misr huquq-tartibot idoralari bilan muzokaralar olib borilayotganini ta’kidladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qohira va boshqa yirik shaharlarda chet el fuqarolari tomonidan migratsiya qonunchiligi va jamoat tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan.

Xususan, Misr hududida noqonuniy bo‘lib turgan, haqiqiy hujjati bo‘lmagan yoki jamoat tartibini buzgan chet elliklarga nisbatan ma’muriy choralar, shu jumladan deportatsiya qo‘llaniladi. Shu munosabat bilan salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Misrda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga quyidagilar qat’iy tavsiya etiladi:

  • mahalliy qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishi;
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasportni) doimo yonida olib yurishi;
  • amaldagi viza yoxud vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomaga (iqoma) ega bo‘lishi;
  • tegishli ruxsatnomasiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaslik;
  • viza yoki yashash uchun ruxsatnomaning (ikoma) amal qilish muddatini o‘z vaqtida uzaytirish.
  • В случае задержания также необходимо не передавать паспорт и другие личные документы посторонним лицам и как можно скорее обратиться в Посольство Узбекистана в Каире (тел.: +20233361723, +20233364516).

Кроме того, в период пребывания на территории Египта граждан призвали бережно хранить документы, удостоверяющие личность и законность нахождения в стране, и всегда иметь их при себе.

Avvalroq Misrda politsiya ko‘chada bir necha o‘zbekistonlikni qo‘lga olgani haqida xabar berilgandi. Fuqarolardan o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat olib yurish va mamlakatda bo‘lish qoidalariga rioya qilish so‘ralgan.