Hodisa

Toshkentda ikkita qo‘shni uy yonib ketdi — video

Yong‘in oqibatida 300 kvadrat metrga yaqin ichki va tom qismi yonib zararlangan, hech kim jabrlanmagan.

16-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda turar-joy binosi yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisaga izoh berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 14:05 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Yuqori Darxon” MFY Beltepa ko‘chasida joylashgan ikkita qo‘shni xonadonda sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:52 da qurshab olingan va soat 15:03 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uylarning taxminan 300 kvadrat metr ichki va tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ham turar-joy binosi ortida yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. Bunga kuygan quruq o‘t sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная