Hodisa

Toshkentda Havas do‘koni yonib ketdi — video

Voqea joyiga to‘rtta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi yetib keldi; qurbonlar haqida ma'lumot yo'q.

15-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yong‘in haqida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida joylashgan “Havas” do‘konida sodir bo‘lgan. Yong‘in binoning tomidan boshlangan. Soat 10:21da yong‘in sodir bo‘lgan joyga 4 ta o‘t o‘chirish-qutqaruv guruhi yetib kelib, soat 11:00da lokalizatsiya qilindi va 11:04 da o‘chirildi.

Voqea joyiga shahar va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limlari rahbarlari yetib kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda sanoat zonasidagi ombor yong‘inga uchragandi: voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib kelgan. Hodisga joyiga to‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная