Hodisa

Toshkentda sanoat zonasidagi ombor yonib ketdi: FVV rahbariyati voqea joyiga yetib keldi

Favqulodda vaziyatlar xizmatlari yong‘inni o‘chirish uchun barcha zarur resurslarni safarbar qilgan.

Toshkentda sanoat zonasidagi ombor yonib ketdi: FVV rahbariyati voqea joyiga yetib keldi

14-may kuni Toshkent shahrida Sergeli tumanidagi sanoat zonasida joylashgan korxonada yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Yong‘in haqida xabar soat 11:03 da kelib tushgan. Soat 11:05 da Nilufar ko‘chasidagi omborxonaga o‘t o‘chirish brigadalari yetib keldi va yong‘inni o‘chirishga kirishdi. Vaziyat to‘liq o‘t o‘chirish xizmati nazoratida.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib keldi, favqulodda vaziyatlar xizmatlari barcha zarur vositalarni safarbar etdi va o‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in ko‘lami tobora kamayib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi zavod hududida yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Qutqaruvchilar yong‘inni bir necha daqiqada o‘chirishgan.

Izohlar

Mavzuga oid