Hodisa

Sirdaryoda o‘smir do‘stlari bilan otasining mashinasida avariyaga uchradi

Voyaga yetmagan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Фото: ситуативное

19-sentyabr kuni Sirdaryo viloyatida 15 yoshli o‘smir do‘stlari bilan otasining mashinasi ruliga ruxsatsiz o‘tirib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 22:00 larda “Furqat” MFY hududidan o‘tuvchi Sholikor—Sirdaryo yo‘nalishidagi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi halok bo‘lgan. Haydovchining o‘zi og‘ir tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlar muayyan huquqdan mahrum qilinib, o‘n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida o‘smir maktab o‘quvchisini urib yuborgandi. Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi, huquq-tartibot idoralari hodisani tergov qilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная