Hodisa

Samarqandda mototsiklchi katta tezlikda Onix avtomobiliga urildi — video

Bayker jarohatlar bilan shifoxonaga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

16-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda mototsikl va avtomobil ishtirokidagi YTH videosi tarqaldi. Samarqand viloyati YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 15-sentyabr kuni soat 03:30 larda Samarqand shahrining “Usta Umar Jo‘raqulov” ko‘chasida sodir bo‘lgan. BMW S1000RR rusumli mototsikl haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida katta tezlikda harakatlanib ketayotib, Onix avtomobiliga borib urilgan. Mototsiklchi kasalxonaga yotqizildi. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda erkak mast holatda bo‘lib, pichoq bilan mototsiklchilar va taksi haydovchilarini qo‘rqitishga borgandi. Huquq-tartibot organlari bezorini hibsga olib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Oqibatda huquq-tartibot organlari xodimlari unga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) va 169-moddasi 1-qismi (Bosqinchilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atib, qamoqqa olishdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная