Hodisa

Samarqandda amaldor yig‘ilish paytida xodimasini tizzasiga o‘tkizib, quchoqlab oldi

Bandlik vazirligi hodisaga izoh berdi.

24-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda videoselektor yig‘ilishi vaqtida amaldor xodimini tizzasiga o‘tqazib, quchoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Bandlik vazirligi hodisaga izoh berdi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, holat mas’ullar tomonidan o‘rganilib, xabarlarda tilga olingan xodimlar ishdan bo‘shatilgan — ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mansabdor shaxs 2023-yil dekabr oyidan buyon Samarqand shahar Kattaqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i rafiqasining jarimalari bekor qilingani sababli ishdan bo‘shatilgandi. Jarimalarni hisobdan chiqarish bilan shug‘ullangan 5 nafar xodimga “intizomiy javobgarlik” jazosi qo‘llanilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari “maxsus” Malibu avtomobiliga solingan o‘nlab bekor qilingan jarimalarni atigi bir yil ichida bekor qilishdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная