Qashqadaryoda Nexia 2 va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi tan jarohati oldi, deya xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 7 noyabr kuni M-39 Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining G‘uzor tumanidagi 1257-kilometrida sodir bo‘lgan. Yo‘lda Nexia 2 va Cobalt avtomobillari to‘qnashib ketishi oqibatida bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda maktab o‘quvchisi do‘sti bilan Damas ruliga o‘tirib, YTHga uchragani haqida xabar berilgandi. Kichik haydovchi mashinada tezlikni oshirgan, yo‘lda bolalarni ko‘rib qolib, qo‘rqqanidan boshqaruvni yo‘qotgan.