Olmaota aeroportida o‘zbekistonlik bomba haqida hazillashib, favqulodda vaziyatni keltirib chiqardi
Muvaffaqiyatsiz hazil erkak uchun jarimaga aylandi.

Olmaota aeroportida o‘zbekistonlik bomba haqida hazillashib, favqulodda vaziyatni keltirib chiqardi, deb yozadi “Kursiv”.
Hodisa 2-sentyabr kuni ro‘yxatga olish peshtaxtasi yonida sodir bo‘lgan. Yigit uning bagajida atom bombasi borligini aytib hazillashdi. Transportdagi IIB xodimlari 18 yoshli yigitning hazilini jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzish deb baholadi. O‘zbekistonlik mayda bezorilik uchun jazolandi va 78 ming tenge (1,8 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib o‘tamiz, Olmaota aeroportida bir erkak terminalda o‘zini yoqib yuborgan edi. Ehtimoliy sabab turmush o‘rtog‘i bilan ziddiyat bo‘lishi mumkin. Fuqaro kuyish jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Transport politsiyasi departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izohlar