Nurafshon shahrida Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlar doirasida koʻchalardan birida transport harakati cheklanadi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-may soat 10:00 dan 8 may kuni 23:00 ga qadar “Nurafshon Business City” chegarasida joylashgan Yangiobod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish cheklanadi.
Qayd etilishicha, cheklov favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, 9-mayga bag‘ishlangan tadbirlar vaqtida jamoat tartibini saqlash hamda shahar aholisi va ma’muriy markaz mehmonlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 9-may sharafiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, poyezd ikki shahar o‘rtasida harakatlanishi haqida xabar berilgan edi




















