Nurafshonda 9-mayga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ayrim ko‘chalar yopiladi
Hududda bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

Nurafshon shahrida Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlar doirasida koʻchalardan birida transport harakati cheklanadi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-may soat 10:00 dan 8 may kuni 23:00 ga qadar “Nurafshon Business City” chegarasida joylashgan Yangiobod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish cheklanadi.
Qayd etilishicha, cheklov favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, 9-mayga bag‘ishlangan tadbirlar vaqtida jamoat tartibini saqlash hamda shahar aholisi va ma’muriy markaz mehmonlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 9-may sharafiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, poyezd ikki shahar o‘rtasida harakatlanishi haqida xabar berilgan edi
Izohlar