Hodisa

Gulistonda ovchilar noqonuniy ravishda yovvoyi to‘ng‘izni otib tashlashdi

Ekologlar tabiatga yetkazilgan zararni 6 mln so‘mga baholagan.

Sirdaryo viloyatida uch nafar erkak ov qilish uchun ruxsatnomasiz yovvoyi cho‘chqani otib o‘ldirdi, deb xabar berdi viloyat ekologiya boshqarmasi.

Qayd etilishicha, voqea «Beshbuloq» mahallasida sodir bo‘lgan. Uch nafar fuqaro o‘zlariga tegishli ov miltig‘i bilan yovvoyi cho‘chqani o‘ldirishdi. Ekologlar tabiatga yetkazilgan zararni 6 mln 180 ming so‘mga baholagan. Tegishli huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston tuman sudiga yuborilgan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlash ekotizim muvozanatiga jiddiy zarar yetkazadi. Shu munosabat bilan fuqarolarga ushbu masalaga mas’uliyat bilan yondashish tavsiya etiladi.

Avvalroq Surxondaryoda uch nafar brakoner noyob tog‘ echkisini o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Ovdan ko‘rilgan ekologik zarar 4,5 milliard so‘mni tashkil etgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная