Andijonda Onix haydovchisi piyodalar o‘tish joyida besh yoshli bolani urib yubordi
Erkak bolaga yo‘l bermadi, endi unga o‘n yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Andijon viloyatida Onix haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 5 yoshli bolani urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB axborot xizmati.
Hodisa 2025-yil 21-may kuni soat 20:25 larda “O‘zbegim” mahallasi Mashrab ko‘chasida sodir bo‘lgan. Onix haydovchisi piyodalar o‘tish joyida bolani o‘tkazib yubormagan va uni urib yuborgan. Jabrlanuvchi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi ma’lum muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinib, 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatida yigit ikki o‘smirni urib o‘ldirgandi. Haydovchi 8,5-yillik qamoq jazosi olgan.
Izohlar